Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kompyuterni bloklaydigan va pul undiradigan yangi Big Head virusi tarqaldi
Yangi Big Head virusi Windows yangilanishi niqobi ostida kompyuterni bloklaydi va evaziga pul undiradi.
Trend Micro kompaniyasining kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari Big Head nomli yangi virusni aniqladilar. U Internetda Windows yangilanishi va Microsoft Word dasturi o‘rnatuvchisini reklama qilish niqobi ostida tarqalmoqda.
Virusli fayl faollashtirilgandan so‘ng, kompyuter ekranida operatsion tizimni yangilanishini taqlid qiluvchi animatsiya paydo bo‘ladi. Keyin foydalanuvchi kompyuteri bloklangani haqida xabar beradi. Xabarda, shuningdek, tizimni qayta tiklash uchun Telegram orqali hakerlar bilan bog‘lanish va kriptovalutada to‘lovni amalga oshirish kerakligi aytiladi.
Bundan tashqari, Big Head barcha mavjud Windows zaxira nusxalarini shifrlaydi, shunda foydalanuvchi tizimni mustaqil ravishda tiklay olmaydi. Shu bilan birga, virus «Savatcha», Program Files, Temp, Program Data, Microsoft va App Data fayllariga tegmaydi va operatsion tizimning ish faoliyatini saqlab qoladi.
Mutaxassislarning aniqlashicha, Big Head oldin sozlamalarni tekshiradi va agar MDH mamlakatlarida foydalaniladigan tillardan biri tanlangan bo‘lsa, tizimni bloklamaydi. Buning sababi ma’lum emas.
Kibertahdidlarni izlash va tahlil qilishga ixtisoslashgan KELA kompaniyasi virus asoschilari Indoneziyada bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Mavzuga oid
20:32 / 07.03.2025
Telegram ilovasida xavfli zaiflik aniqlandi
21:16 / 04.02.2025
iPhone smartfonlarida birinchi marta troyan-virus aniqlandi
09:33 / 16.01.2025
Germaniyada chorva mollari orasida xavfli infeksiya tarqaldi. Ko‘plab mamlakatlar go‘sht importini taqiqladi
18:11 / 11.12.2024