Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qon va Chongju o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi
Qo‘qon shahar hokimligi hamda Janubiy Koreyaning Chongju shahri ma’muriyati vakillari o‘rtasida videokonferensiya tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Unda ushbu ikki shaharlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlar kelgusida Qo‘qon va Chongju shaharlari o‘rtasida turizm hamda sport sohalariga investitsiyalarni jalb qilish, o‘zaro savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish va ta’lim sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdilar.
Chongju shahri ma’muriyati vakillari Qo‘qon shahrining salohiyatlarini inobatga olgan holda ushbu hudud doirasida amalga oshiriladigan iqtisodiy-ijtimoiy sohalardagi loyihalarda ishtirok etishga qiziqishi mavjud ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, tomonlar Chongju va Qo‘qon shaharlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi loyihasini tayyorlab, yaqin kunlarda imzolash marosimini tashkil etishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
07:53 / 18.05.2025
"Ko‘chamiz dahshatli tutun bilan qoplandi" - Qo‘qonda ammiak sizib chiqqan hududdan reportaj
22:26 / 16.05.2025
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
12:03 / 04.04.2025
Qo‘qonda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:36 / 15.03.2025