Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gaz va elektr tariflarini tartibga solish mustaqil tuzilmalarga o‘tkaziladi
Shavkat Mirziyoyevning 6 iyuldagi farmoni bilan infratuzilma tarmoqlari va tabiiy monopoliyalar bilan bog‘liq sohalarda mustaqil bozor regulyatorlari institutini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha taklif ma’qullandi.
Gazeta.uz yozishicha, bunga elektr energiyasi, tabiiy gaz, temiryo‘l, fuqaro aviatsiyasi, aeroport xizmatlari, avtomobil yo‘llari va telekommunikatsiyalar bilan bog‘liq sohalar kiradi.
2025 yil 1 yanvarga qadar Tabiiy monopoliya sub’yektlarining tariflarini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha Raqobat qo‘mitasining funksiyalari yaratilayotgan mustaqil bozor regulyatorlariga bosqichma-bosqich o‘tkazilishi kerak.
Joriy yilning dekabr oyigacha tabiiy monopoliyalar faoliyatini huquqiy tartibga solish va tariflarni tartibga solishning samarali mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan loyihalar tahlilidan so‘ng ularning faoliyatini mustaqil regulyatorlar orqali tartibga solishni ta’minlash topshirig‘i berilgan.
Shuningdek, tabiiy monopoliyalar tariflarini tartibga soluvchi hujjatlarni inventarizatsiya qilish va optimallashtirish kutilmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda 2023 yil sentabrgacha gaz va elektr energiyasi narxlarini liberallashtirish hamda ijtimoiy iste’mol normalarini joriy etishni nazarda tutuvchi energetikani rivojlantirishning yangi dasturi taqdim etilishi ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
13:37 / 07.05.2025