Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda Madaniyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi
Jamg‘armaga Madaniyat va turizm vazirligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan 20 mlrd so‘m beriladi.
Prezidentning «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi huzurida Madaniyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Quyidagilar Jamg‘armaning vazifalari etib belgilandi:
- madaniyat va san’at sohasi vakillari, iqtidorli ijodkorlarni, ayniqsa, yoshlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash;
- og‘ir iqtisodiy vaziyatga tushib qolgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj madaniyat va san’at xodimlarini aniqlash, ularga manzilli ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini tashkil etish hamda moliyalashtirish;
- madaniyat va san’at tashkilotlari faoliyatini moddiy qo‘llab-quvvatlash;
- ijodkorlar, ijodiy va badiiy jamoalarning mahalliy va xorijiy gastrol safarlarini tashkil etish;
- madaniyat tashkilotlarining binolari va madaniyat obektlarida qurilish-montaj ishlarini olib borish, ularning faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalari va ilg‘or innovatsiyalarni joriy etish va boshqalar.
Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilandi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha manbalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman (shahar)larining mahalliy budjetlarida shakllangan qo‘shimcha manbalar hisobidan har chorakda ajratiladigan mablag‘lar;
- xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari hamda texnik ko‘mak mablag‘lari;
- Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
- davlat-xususiy sheriklik asosida olinadigan daromadlarning taqsimlanishidan tushadigan mablag‘lar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
- qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Shuningdek, Madaniyat va turizm vazirligi Jamg‘armaga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan 2023 yil uchun Madaniyat va turizm vazirligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan 20 mlrd so‘m ajratadi.
Mavzuga oid
15:43 / 01.05.2025
Madaniyat muassasalari xodimlarining maoshlari miqdori qayta ko‘rib chiqiladi
18:38 / 28.04.2025
Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro‘yxatga kiritish bilan bog‘liq reglament tasdiqlandi
11:33 / 19.03.2025
Germaniyada o‘zbek bolalariga tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan jamg‘arma tashkil etildi
12:21 / 18.03.2025