Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi ishga kirayotgan xorijiy til o‘qituvchilariga B2 darajadagi sertifikat majburiy bo‘ladi
2024/2025-o‘quv yilidan maktabdagi har qanday chet tili fani o‘qituvchisi B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi belgilangan.
O‘tgan yili maktablarda xorijiy tillarni o‘qitish jarayoni davomiyligini ta’minlash maqsadida hukumat tomonidan B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan cheti tili fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilmaslik xususidagi talab 2023/2024-o‘quv yilidan kuchga kirishi yuzasidan topshiriq berilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab yangi ishga kirayotgan xorijiy tillar o‘qituvchilaridan B2 darajadagi sertifikat talab qilinadi.
2024/2025-o‘quv yilidan maktabdagi har qanday chet tili fani o‘qituvchisi B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.
Mavzuga oid
20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
11:01 / 22.05.2025
Tibbiyot menejerligi bo‘yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to‘lanadi
09:00 / 18.05.2025
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
17:10 / 02.05.2025