Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya bilan O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari eksporti bo‘yicha kelishuvga erishildi
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning milliy mahsulotlari 11-13 iyul kunlari Milan shahrida bo‘lib o‘tgan Ready to Show xalqaro kiyim-kechak ko‘rgazmasida namoyish etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tadbir ta’sischisi va tashkilotchisi Jorjyes Papa o‘zbekistonlik ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan mahsulotlarning dizayni va sifatini yuqori baholadi.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi vakillari va Jorjyes Papa o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv natijasida joriy yilning oktabr oyida Toshkentda o‘tadigan Uzbekistan Textile Expo xalqaro ko‘rgazmasiga yirik xorijiy xaridorlarni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Milanda joylashgan Italiya-O‘zbekiston savdo palatasi boshqaruv qo‘mitasi a’zosi, to‘qimachilik sanoati bo‘yicha mutaxassisi Janmario Bianki mahalliy korxonalar bilan kelgusida milliy mahsulotlarni Italiya va Yevropa bozoriga kirishi bo‘yicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr-almashildi.
Italiyaning Samarkanda savdo kompaniyalar uyushmasi vakillari bilan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish masalalarida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
14:00 / 20.05.2025
Germaniya O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasida ishlayotgan ayol menejerlarni qo‘llab-quvvatlaydi
15:50 / 19.05.2025