O‘zbekiston | 10:49 / 15.07.2023
34747
2 daqiqa o‘qiladi

O‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi 

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, bugun, 15 iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlandi.

Foto: KUN.UZ

O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5 avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:

  • transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
  • my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMga.

O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

  • talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
  • davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

O‘tish ballini to‘plolmaganlar «super-kontrakt» bilan qabul qilinishi mumkin.

Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar «perevod»chilar uchun amal qilmaydi.

Mavzuga oid