Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda OTMga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro H.B. fuqaro M.G.ning farzandiga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi universitetning 2-bosqichini tugatgani haqida hujjat tayyorlab berish orqali O‘zbekistondagi iqtisodiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalaridan biriga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:40 / 17.04.2025
Toshkentda uch kishini o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
15:10 / 19.11.2024
Ayrim bitiruvchilarga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi
12:52 / 07.11.2024
O‘qish maqsadida chet elga ketgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
10:44 / 28.09.2024