Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga boradi
Bu Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik saylovidan keyingi ilk xorijiy safari bo‘ladi.
Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo-Ko‘rfaz arab mamlakatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etish uchun 18—19 iyul kunlari Jidda shahrida bo‘ladi.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvda Saudiya Arabistoni Podshohligi, Bahrayn Podshohligi, Qatar davlati, Kuvayt davlati, Birlashgan Arab Amirliklari, O‘mmon Sultonligi, Qozog‘iston, Qirg‘iz, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari hamda kengashning bosh kotibi ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Kun tartibiga muvofiq, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit doirasida ikki tomonlama qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025