Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa-Gurjiston-O‘zbekiston va Xitoy-O‘zbekiston-Gurjiston turistik yo‘nalishlari joriy etiladi
Muhim turistik marshrutlarni yo‘lga qo‘yishda Gurjiston bilan hamkorlik qilinadi.
Madaniyat va turizm vazirligi mutaxassislari turizmni rivojlantirish maqsadida Gurjistonda turizm sohasi vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
O‘zbekistonga Gurjistondan guruhli sayyohlar tashrifini yo‘lga qo‘yish masalasida Gurjiston turizm assotsiatsiyasi rahbariyati bilan muzokara olib borildi.
Mazkur turistik yo‘nalishlarni ishga tushirish maqsadida joriy yilda Gurjiston, Xitoy, O‘zbekiston turistik tashkilotlari hamda aviakompaniyalar ishtirokida mamlakatda B2B uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, Gurjiston etnoturizm assotsiatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan muzokarada kelgusida mazkur yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlash, malakasini oshirish va etnoturizm obektlarini turistik marshrutlarga kiritish bo‘yicha tajriba almashinishga kelishildi.
Hamkorlik muloqotida Yevropa- Gurjiston-O‘zbekiston va Xitoy-O‘zbekiston-Gurjiston yo‘nalishlarida yangi turistik marshrutlarni amaliyotga joriy etishga kelishildi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi
10:53 / 24.05.2025
Gurjistonda muxolifat yetakchilaridan biri Japaridze hibsga olindi
12:13 / 21.05.2025