O‘zbekiston | 08:09 / 19.07.2023
3894
1 daqiqa o‘qiladi

1 avgustdan ayrim tibbiyot muassasalarida yangi lavozimlar joriy etiladi 

2023 yil 1 avgustdan ayrim tibbiyot muassasalarida yangi lavozimlar joriy etiladi.

Xususan, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida tibbiy psixolog lavozimi paydo bo‘ladi.

Statsionar o‘ringa ega bo‘lmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud bo‘lgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida esa suitsidolog lavozimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, statsionar o‘ringa ega bo‘lgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida qabul bo‘limi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari ochiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid