Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Frontdagi voqealar – sharmandalik»: Prigojin Belarusda «vagnerchilar»ga nutq so‘zladi
U jangchilarini «Afrikaga otlanishga» chaqirdi.
«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin Belarusdagi jangchilariga murojaat qildi. Bu haqdagi videolavha «vagnerchilar»ga aloqador Telegram-kanallarida tarqaldi.
«Hozir frontda sodir bo‘layotgan voqealar — sharmandalik, unda ishtirok etishimiz shart emas. Biz o‘zimizni namoyon qilish mumkin bo‘ladigan vaqtni kutamiz. Shuning uchun biz bu yerda, Belarusda biroz vaqt bo‘lishga qaror qildik», dedi Prigojin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Vagner» Belarus armiyasini «dunyoning ikkinchi armiyasiga aylantiradi». Shuningdek, «agar kerak bo‘lsa, ularni himoya qiladi».
U «vagnerchilar»ni «tayyor bo‘lishga», «o‘z darajasini» oshirishga va «yangi yo‘lga, Afrikaga otlanishga» chaqirdi.
«Ehtimol, biz o‘zimizni va tajribamizni sharmanda qilishga majbur bo‘lmasligimizga ishonch hosil etgach, urushga qaytarmiz», dedi Prigojin.
Video Tsel qishlog‘idagi «Vagner» lagerida yozib olingan bo‘lishi mumkin. U yerga yollanma jangchilarning kolonnalari yetib bormoqda. Qayd qilinishicha, nutq so‘zlagach, Prigojin Rossiyaga qaytgan.
«Vagner» jangchilari 11 iyuldan Belarus Respublikasi hududiga ko‘chib o‘tishni boshladi. Hozirgi vaqtgacha 2 mingga yaqin yollanma jangchi Belarusda yig‘ilgan.
Belarus Mudofaa vazirligi «vagnerchilar» Belarus harbiy xizmatchilari bilan tajriba almashishini, keyinchalik, terrorizmdan mudofaa mashqlari boshlanganini e’lon qildi.
Mavzuga oid
12:14 / 24.05.2025
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
10:14 / 01.05.2025