Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G20 vazirlari Hindistondagi yig‘ilishda yakuniy bayonot bo‘yicha kelisha olmadi
Tadbir ishtirokchilari Ukrainadagi urush masalasida umumiy til topa olmadi, dedi Hindiston moliya vaziri. Rossiya va Xitoy urushni qoralashga qarshi chiqdi.
G20 moliya vazirlari Hindiston g‘arbidagi Gandinagarda bo‘lib o‘tgan ikki kunlik uchrashuv yakunlari bo‘yicha yakuniy deklaratsiya masalasida kelisha olmadi. Buning o‘rniga uchrashuv tashkilotchisi Hindiston, avvalgidek, maslahatlashuvlar xulosalarini tayyorlaydi va e’lon qiladi, dedi Hindiston moliya vaziri Nirmala Sitharaman 18 iyul, seshanba kuni.
«Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush masalasida haligacha umumiy til topa olmadik», dedi u. Rossiya va Xitoy qo‘shma deklaratsiyada harbiy harakatlarni qoralashdan bosh tortdi. Sitharamanning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda G20 davlatlarining bir qator vakillari Rossiya Ukrainaning Qora dengiz portlaridan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuvni uzaytirishdan bosh tortganini qoralagan.
Hindiston Ukrainadagi urush bo‘yicha neytral pozitsiyani egallaydi, u g‘arbning Moskvaga qarshi sanksiyalariga qo‘shilmagan va g‘arb davlatlari bilan ham, Rossiya bilan ham yaxshi munosabatda.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025