Sport | 08:52 / 20.07.2023
2018
1 daqiqa o‘qiladi

«Sevilya» «Independente del Vale»ni mag‘lub etib, Chaqiruv kubogining dastlabki g‘olibiga aylandi

Yevropa ligasi va Sudamerikana kubogi g‘oliblari o‘rtasidagi Chaqiruv kubogining dastlabki g‘olibligi «Sevilya» jamoasiga nasib etdi.

Foto: Sevilya

UYeFA va KONMeBOL o‘rtasida tashkil etilgan o‘yinda «Sevilya» «Independente del Vale» jamoasi ustidan penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi. «Ramon Sanches Pisxuan» stadionida o‘tgan bahsda mezbonlar Ekvador klubi bilan o‘yinning asosiy vaqtida 1:1 hisobini qayd etgan bo‘lsa, seriyada 4:1 hisobida ustun keldi. 

Chaqiruv kubogi.  
«Sevilya» Ispaniya – «Independente del Vale» Ekvador – 1:1. Penaltilar seriyasi: 4:1
Gollar: 0:1 – Dias (10), 1:1 – Ortis (90+1).

«Sevilya»: Dmitrovich, Xuanlu, Nyanzu, Salas, Pedrosa (Gattoni, 65), Jordan, Bueno (Ortis, 77), Suso (Idrissi, 60), Gomes, Torres, Romero Is. (Romero Iv., 77).
«Independente del Vale»: Ramires, Basso, Ortis, Karabaxal, Rodriges (Moreno, 72), Faravelli, Pelerano (83), Fernandes, Sornosa (Xoyos, 60), Alsivar (Landasuri, 72), Dias (Kortes, 46).

Mavzuga oid