Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokida yuz bergan YTHda bir kishi jarohat oldi
Toshkent shahar Uchtepa tumanida 3 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, joriy yilning 19 iyul kuni soat 22:00da Uchtepa tumani Shirin ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.
Unda, 2002 yilda tug‘ilgan M.Sh. boshqaruvida bo‘lgan davlat raqami “Nexia-3” rusumli avtomashina, 1993 yilda tug‘ilgan B.Z. boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashina va 2003 yilda tug‘ilgan O.A. boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinalari ishtirokida YTH qayd etilgan.
YTH oqibatida “Nexia-3” rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

14:18
Shavkat Mirziyoyev Kun.uz tanqid qilgan masala bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlashni buyurdi

19:10 / 13.05.2025
Qozog‘istonda onasidan ajralgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga qaytarildi

10:06 / 13.05.2025
Andijonda Equinox va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH ro‘y berdi

22:20 / 10.05.2025