Dollarning mustahkamlanishi rivojlanayotgan mamlakatlarga bosimni oshirdi - XVJ
AQSh valutasining 10 foizga o‘sishi rivojlanayotgan mamlakatlar yalpi ichki mahsulotini bir yilda 1,9 foizga qisqartiradi.
2022 yilda dollarning real samarali ayirboshlash kursi mustahkamlanishi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga bosimning kuchayishiga olib keldi, deb yozadi «Kommersant» Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) hisobotiga tayanib.
Hujjatda dollar mustahkamlanishining rivojlanayotgan mamlakatlarga ta’siri tahlil qilingan. 2022 yilda AQSh valutasining 8 foizga qimmatlashishi uning 2002 yildan buyon eng kuchli ayirboshlash kursini ta’minladi, shuningdek, kapitalning rivojlanayotgan bozorlardan rivojlangan bozorlarga chiqib ketishiga sabab bo‘ldi.
Mustahkamlanishning sababi Federal zaxira tizimi asosiy stavkasi oshishi va investorlar orasida risk bo‘yicha xatarlar pasayishi bo‘ldi. Natijada, bu joriy hisob balansi buzilishining kuchayishiga olib keldi.
O‘rtacha 10 foizga mustahkamlangan dollar bir yilda rivojlanayotgan mamlakatlar yalpi ichki mahsulotini 1,9 foizga kamaytiradi. XVJning qayd etishicha, iqtisodiy tanazzul ikki yarim yildan beri davom etmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar savdo va investitsiyalar real hajmining kichikroq qisqarishi tufayli AQSh valutasi mustahkamlanishining salbiy ta’siriga kamroq duchor bo‘lmoqda. Misol uchun, bunday mamlakatlarda yalpi ichki mahsulot har chorakdan keyin 0,6 foizga kamayyapti va bir yil ichida kuchli dollarning ta’siri o‘zini namoyon qilishni to‘xtatadi.
Jamg‘arma 2023 yilda nomutanosibliklar kamayib, rivojlanayotgan bozorlardan kapital oqib chiqib ketishi qisqarishini kutmoqda.
Bundan tashqari, moslashuvchan milliy valutaga ega va inflatsiya kutilmalari yaxshi shakllangan mamlakatlar bunday zarbalarga bardosh bera oladi. Bunday mamlakatlarda markaziy banklar moslashuvchan pul-kredit siyosatini yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:03 / 19.11.2024
Rossiyada dollar yil boshidan beri birinchi marta 100 rubldan oshdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:40 / 12.11.2024
O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik reytingida Markaziy Osiyoda so‘nggi o‘rinni egalladi
21:33 / 29.10.2024