Sport | 08:57 / 21.07.2023
944
1 daqiqa o‘qiladi

«Inter Mayami» Alba transferini e’lon qildi

Jordi Alba Ispaniya La Ligasidan MLSga ko‘chib o‘tdi.

Foto: Inter Mayami

«Inter Mayami» klubi 34 yoshli ispaniyalik himoyachi bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi. Kelishuv shartlari haqida hozircha ma’lum qilinmagan.

Bungacha «Inter Mayami» «Barselona» sobiq o‘yinchilari Lionel Messi va Serxio Buskets bilan shartnoma imzolagandi.

Ma’lumot uchun, Alba 11 yil davomida Kataloniya klubi sharafini himoya qilgandi. U jamoa bilan amaldagi kelishuvni bekor qilib, yozda erkin agentga aylangandi.

Mavzuga oid