Rossiyadagi ayrim banklarning UnionPay kartalari chet elda ishlashni to‘xtatadi
AQSh sanksiyalari ostida qolgan «Tinkoff» va «Solidarnost» banklari xorijdagi mijozlarni naqd pul yechib olishga chaqirdi.

Foto: Hi-Tech Mail.ru
«Tinkoff bank» tomonidan chiqarilgan UnionPay kartalari 21 iyul, juma kunidan boshlab AQShning bankka qarshi sanksiyalari tufayli xorijda ishlashni to‘xtatadi. Bu haqda kredit tashkilotining Telegram-kanalida xabar berildi.
Bank xorijdagi mijozlariga yaqin kelajakda naqd pul yechib olishni maslahat berib, Rossiyada kartalar odatdagidek ishlashda davom etishini ta’kidladi. «Tinkoff» vakillari yaqin orada to‘lov tizimining qarori tufayli UnionPay kartalarini chiqarish to‘xtatilishini qo‘shimcha qildi.
Rossiyaning yana bir banki, AQShning yangi cheklov choralariga duchor bo‘lgan - «Solidarnost» ham Rossiyadan tashqaridagi mijozlarga naqd pul olishni maslahat berdi. «Ikkilamchi sanksiyalardan qo‘rqib, ayrim kontragent banklar xorijdagi bankdan pul o‘tkazmalarini qabul qilish imkoniyatini cheklashi mumkin», — deyiladi kredit tashkilotining Telegram-kanalida.
Avvalroq, 20 iyul kuni AQSh Rossiyaning beshta bankiga qarshi sanksiyalar joriy qilgan edi. Ro‘yxatga «Tinkoff» va «Solidarnost»dan tashqari «Loko Bank», «Yunistrim» hamda Peterburg ijtimoiy tijorat banki kirdi. Bundan tashqari, Vashington 18 nafar rossiyalik, jumladan Hisob palatasi sobiq rahbari Aleksey Kudringa nisbatan cheklov choralarini qo‘llagan. Shuningdek, Rossiya Fanlar akademiyasining tadqiqot markazlari va institutlari, yuk va yo‘lovchi kemalari, sanoat va mudofaa korxonalari ham sanksiyalar ostida qoldi.
AQSh Moliya vazirligi bayonotida aytilishicha, yangi choralar Moskvaning Ukraina urushini davom ettirishiga imkon beruvchi tovarlardan foydalanishini to‘xtatish, shuningdek, Rossiyaning metallurgiya va tog‘-kon sanoatidan tushadigan daromadlarini kamaytirish, uning kelajakdagi energetika imkoniyatlariga putur yetkazish va xalqaro moliya tizimiga kirishini yomonlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Mavzuga oid

16:28 / 25.11.2024
O‘zbekiston banklarida Gazprombank UnionPay kartalariga xizmat ko‘rsatish to‘xtatildi

08:03 / 30.12.2022
UnionPay Rossiya banklari kartalari bo‘yicha naqd pul yechib olishga limit joriy qildi

16:51 / 11.10.2022
UnionPay Money Express orqali pul o‘tkazish yanada qulaylashdi

16:44 / 11.03.2019