Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Safarbarlikdan qochgan rossiyaliklar Fransiyadan boshpana so‘rashi mumkin
Fransiya boshpana taqdim etish masalalari bo‘yicha milliy sudi (CNDA) qaroriga ko‘ra, safarbarlikdan qochganlar va dezertirlar Yevropa Ittifoqi qonunlariga ko‘ra Fransiyada qochqin maqomini olishi mumkin.
Gap harbiy jinoyatlar sodir etilishi mumkin bo‘lgan nizo yuzaga kelgan taqdirda, harbiy xizmatni o‘tashdan bosh tortgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilayotgan yoki ta’qib qilinayotgan shaxslarga bunday maqomni berish imkonini yaratuvchi qoida haqida ketyapti.
Sudning ta’kidlashicha, faqat zaxirada bo‘lish faktining o‘zi boshpana olish uchun yetarli emas.
Ma’lumot uchun, Germaniyada ham Rossiya fuqarolaridan boshpana masalasida yo‘llangan murojaatlar soni keskin oshgan. Joriy yilning dastlabki uch oyida rossiyaliklar tomonidan 2381 ta dastlabki ariza topshirilgan bo‘lsa, o‘tgan yil davomida bu ko‘rsatkich 2851 tani tashkil etgan.
Shu bilan birga, Rossiyadan boshpana izlovchilar orasida erkaklar ulushi ortdi: 2022 yilda ular 59 foizni, 2023 yil yanvar-mart oylarida esa 64 foizni tashkil etdi.
2022 yil uchun Germaniyadan boshpana so‘rash bo‘yicha dastlabki arizalar soni umumiy statistikasida rossiyaliklar Suriya, Afg‘oniston, Turkiya, Eron, Iroq va Gruziya fuqarolaridan keyin yettinchi o‘rinda turadi.
Qochqinlar va migratsiya bo‘yicha federal idora vakilining Table.Media nashriga ta’kidlashicha, rossiyalik dezertirlar ham Germaniyadan boshpana so‘rashi mumkin. «Qoidaga ko‘ra, ular xalqaro himoyaga ega», dedi u.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025