Surxondaryoning ikki tumanida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi
Ta’mirlash ishlari sababli Angor va Sho‘rchi tumanlarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatildi.

Foto: Kun.uz
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining xabariga ko‘ra, 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida gaz quvurlarini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan bugun, 21 iyul kuni soat 08:00dan 17:00ga qadar Angor tumanida, soat 10:00dan 16:00gacha Sho‘rchi tumanida barcha iste’molchilariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatildi.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi, deyiladi Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lumotida.
Mavzuga oid

11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi

09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi

16:37 / 20.05.2025