Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sudi prezidentlik saylovidan oldin boshlanadi
Sudya jarayonni 2024 yil 20 may kuniga belgiladi.
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp 2024 yil may oyida maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlash ishi bo‘yicha sudga tortiladi. Jarayon prezidentlik sayloviga bir necha oy qolganida boshlanadi.
Tramp advokatlari har qanday sud jarayoni 2024 yil noyabrida bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidenti saylovidan keyin o‘tkazilishi kerakligini ta’kidlayotgan edi. Federal prokurorlar sud jarayonini dekabrga belgilashni so‘ragandi. Biroq, Florida shtati, Fort-Pirs shahri sudyasi Eylin Kennon sud jarayoni 2024 yil 20 mayda boshlanishi haqida qaror qabul qildi.
2023 yil 8 iyun kuni Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimini tark etganidan keyin milliy xavfsizlikka oid hujjatlarini noqonuniy saqlash va ularni qaytarishga uringan amaldorlarga yolg‘on gapirishda ayblangan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq prezident ko‘plab maxfiy fayl va hujjatlarni Mar-a-Lagodagi uyiga olib ketgan. Bundan tashqari, u hujjatlarni politsiyadan yashirishga uringan.
10 iyun kuni federal prokurorlar jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasini e’lon qilishdi. Sobiq prezident 37 ta modda bo‘yicha ayblanmoqda.
Tramp barcha ayblovlarni rad qilmoqda. U uyida «ancha-muncha» narsani saqlayotganini, ularni tartibga solish va shaxsiy narsalarini ajratib olish uchun vaqt kerakligini aytgan.
Bundan tashqari, Tramp boshqa jinoyat ishi bo‘yicha 2024 yil 25 mart kuni sud oldida javob berishi kerak. U pornoaktrisaga maxfiy to‘lovlarni yashirish uchun biznes yozuvlarini soxtalashtirganlikda ayblanmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
10:23 / 28.05.2025