Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chegara punktlarida pulli veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining “Davlat chegara o‘tkazish punktlarida ko‘rsatiladigan pulli veterinariya xizmatlari ro‘yxatini tacdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasini qabul qilish zaruriyati quyidagilar bilan asoslangan:
- davlat chegara o‘tkazish punktlarida yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan veterinariya xizmatlari sifati yaxshilanadi hamda xodimlarga qulay shart-sharoitlar yaratiladi;
- davlat chegara o‘tkazish punktlarida ilovaga muvofiq amalga oshiriladigan veterinariya xizmatlari uchun haq to‘lash avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali amalga oshiriladi;
- davlat chegara o‘tkazish punktlarida veterinariya xizmatlari uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to‘lovlar masofadan amalga oshiriladi hamda to‘lov miqdorlari aniq belgilanadi.
Loyihada Davlat chegara o‘tkazish punktlarida ko‘rsatiladigan pulli veterinariya xizmatlari ro‘yxati tasdiqlanmoqda hamda chegara o‘tkazish punktlarida veterinariya xizmatlari uchun haq to‘lashni avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali amalga oshirish joriy qilinmoqda.
Shuningdek, veterinariya xizmatlari uchun to‘lov miqdorlarini tizimlashtirish nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
10:55 / 06.05.2025
Chegarada ushlab qolingan madaniy boyliklar summasi ma’lum qilindi
16:52 / 29.04.2025
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarani tikanli simlar bilan to‘sishni boshladi
18:28 / 08.04.2025
Janubiy Koreya chegarani kesib o‘tgan KXDR askarlariga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi
16:31 / 08.04.2025