O‘zbekiston | 11:25 / 22.07.2023
6884
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istondagi mahallalarni maxsus jamg‘arma qo‘llab-quvvatlaydi

Foto: Norma.uz

Prezident tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilmoqda. Jo‘qorg‘i Kenges raisi jamg‘arma raisi etib belgilanmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi shu yil ichida hududning 452ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining (MFY) har biriga 500 mln so‘mdan mablag‘ yo‘naltiradi (jami 226 mlrd so‘m); 

Mahallada jinoyatchilikning oldini olish hamda obodonlashtirish ishlarini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shgan tashabbuskor fuqarolar, mahallalardagi ko‘chaboshi va uyboshilarni rag‘batlantirish maqsadida jamg‘armaga jami 228 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.

Jamg‘armadan mablag‘ ajratish tartibi quyidagicha belgilanmoqda:

loyihalar mahalla raislari tomonidan hokim yordamchilari bilan birgalikda mahallada yashovchi aholining hududdagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalari umumlashtirilgan holda shakllantiriladi;

jamg‘armaning Kuzatuv kengashi 5 kun ichida loyihalarni ko‘rib chiqib, jamg‘armadan mablag‘lar ajratish bo‘yicha qaror qabul qiladi;

mahalla raislari tomonidan shakllantirilgan va boshqariladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun har bir MFY uchun alohida hisobvaraqlar ochiladi;

loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha jarayonlari, jumladan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib olish bo‘yicha tanlov (tender) savdolarini o‘tkazish, amalga oshirilgan ishlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, bajarilgan ishlarni qabul qilish MFY raislari tomonidan amalga oshiriladi.

Mavzuga oid