Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada yer olib berish uchun 1,5 mln dollar so‘ragan Davlat xizmatlari markazi xodimi ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Toshkent viloyatida yer maydonlarining noqonuniy sotilishiga chek qo‘yildi.
Toshkent viloyati Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi xodimi o‘zganing ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali unga Toshkent tumanida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 10 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 24 mln dollarga sotib olib berishini aytgan.
DXX xabariga ko‘ra, u yer maydoniga egalik huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berish evaziga kelishilgan summadan 1,5 mln dollarni berishini talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 200 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa holatda esa Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, 1972 y.t., muqaddam sudlangan shaxs firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida ko‘p qavatli turar-joylar barpo etish uchun ajratilgan 4 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridorga olib berish evaziga 2,5 mln. AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 200 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 28,211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:29 / 26.04.2025
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
11:13 / 31.03.2025