Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Blinken: F-16 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga topshirishga bir necha oy ketadi
Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, F-16 qiruvchi samolyotlarini Kiyevga berish to‘g‘risidagi qaror darhol qabul qilingan taqdirda ham, yetkazib berish va tayyorlash uchun bir necha oy kerak bo‘ladi.
Ukraina F-16 qiruvchilarini qabul qiladi, biroq ularni yetkazib berish bir necha oy davom etadi – qaror qachon qabul qilinishidan qat’i nazar, deya ma’lumot berdi 23 iyu, yakshanba kuni AQSh davlat kotibi Entoni Blinken CNN telekanaliga intervyusida.
«Gap tayyorgarlik, texnik xizmat ko‘rsatish, ularni qo‘shma qurolli operatsiyalarda qo‘llash qobiliyatiga ega bo‘lish haqida ketyapti. Bularning barchasi vaqt talab etadi. F-16 bo‘yicha qaror ertaga qabul qilingan taqdirda ham, ular qo‘llana boshlanishiga bir necha oy kerak bo‘ladi», deb tushuntirdi Blinken.
Ukraina Amerika qiruvchi samolyotlarini olishiga ishonasizmi, degan savolga davlat kotibi ijobiy javob berdi. Blinken «F-16 jarayoni oldinga siljishini» ta’kidlab: «ularni qabul qilganlarida to‘g‘ri o‘qitilishi, bu samolyotlarga xizmat qila olishi va ulardan oqilona foydalanishiga e’tibor qaratish muhim» dedi.
Iyul oyi boshida Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Jon Kirbi Amerikada ishlab chiqarilgan F-16 qiruvchi samolyotlari joriy yil oxiriga kelib Ukrainaga yetib kelishini aytgan edi.
«Mana, F-16 samolyotlari yil oxirigacha yetib borishi mumkin. Lekin biz F-16 samolyotlarining o‘zi vaziyatni o‘zgartirish uchun yetarli emas deb o‘ylaymiz», dedi u Fox News telekanaliga.
Mavzuga oid
13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti
00:06 / 17.05.2025
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi
13:37 / 03.05.2025
AQShda Ukraina uchun F-16 sotib olish va texnik xizmat ko‘rsatish paketi tasdiqlandi
23:09 / 18.04.2025