O‘zbekiston | 18:19 / 25.07.2023
6704
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda qalbaki dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Ular 83 dona 100 dollarlik qalbaki banknotlarni sotgan paytda qo‘lga olingan.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Vobkent tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.

Qayd qilinishicha, Q.R. va A.N. qalbaki 10 ming AQSh dollarini X.R.ga haqiqiy 5 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, unga jami 83 dona 100 dollarlik qalbaki banknotlarni berib, qolgan qismini tez kunda yetkazishini aytib, 5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid