Gundo‘g‘an «Oltin to‘p»ga faqat ikki futbolchi munosibligini aytdi
«Barselona» yangi futbolchisi Ilkay Gundo‘g‘an 2023 yilda qaysi futbolchi «Oltin to‘p»ga munosibligi haqida berilgan savolga javob qaytardi.
– Bir necha urinishlardan keyin o‘tgan mavsum «Manchester Siti» sardori sifatida Chempionlar ligasi bosh sovriniga ega chiqdingiz. Sizningcha, «Oltin to‘p» kimga topshirilishi kerak?
- Fikrimcha, bu faqatgina Lionel Messi va Erling Holand o‘rtasidagi kurash. Ularning yonida hech kimni ko‘rmayapman.
Messi va Holand mavsumni ajoyib o‘tkazishdi – ikkisi ham katta sovringa ega chiqdi. Albatta, buni men hal qilmayman, ammo o‘ylashimcha, «Oltin to‘p»ni bu ikki o‘yinchidan biri qo‘lga kiritadi», - deydi germaniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Messi o‘tgan mavsum «PSJ» bilan Fransiyada chempionlikni qo‘lga kiritdi, Argentina milliy jamoasi safida esa jahon chempioniga aylandi.
Holand esa «Manchester Siti» bilan trebl qayd etdi – APL, YeChL va Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. Norvegiyalik forvard mavsumdagi 53 o‘yinda 52ta gol va 9ta assist qayd etdi.
Mavzuga oid
10:50 / 01.11.2024
France Football bosh muharriri Vinisius nega «Oltin to‘p» yutmaganini tushuntirdi
15:33 / 30.10.2024
Vinisiusning fanatlari nafratini Rodrining «adash»lariga sochishdi
16:30 / 29.10.2024
Egasini topgan «Oltin to‘p». Yoki «Real»ga nisbatan adolatsizlik qilindimi?
02:55 / 29.10.2024