O‘zbekiston | 17:57 / 25.07.2023
4929
2 daqiqa o‘qiladi

«Kapitalbank» ATB va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamkorlikda xayriya aksiyasini o‘tkazdi

Foto: Kapitalbank

Loyiha doirasida Toshkent shahridagi “Temir daftar” va “Ayollar daftarlari” ro‘yxatidagi 200 nafardan ortiq muhtoj, yetim va nogiron bolalarga «Kapitalbank» ATB tomonidan oziq-ovqat to‘plamlari berildi.

— O‘zbekiston fuqarolari farovonligini ta’minlash, jumladan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizga yordam ko‘rsatish bankimiz faoliyatining ajralmas qismidir, — deydi «Kapitalbank» ATB Kuzatuv kengashi raisi Maqsud Abdusamadov. — Va biz Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining ijtimoiy tashabbuslarini har doim qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Ishonchim komilki, bu bizning birgalikda qilgan oxirgi loyihamiz emas va bizning birgalikda qilgan mehnatimiz tufayli yuzlab oilalarning hayoti yaxshilanadi. 

– Bizning e’tiborimiz mamlakatimiz aholisi muammolarini tizimli hal etishdir. Bu safar ishchi guruhimiz tomonidan poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi muammolarni o‘rganib, ularni tizimli hal etish uchun kerakli ishlar amalga oshirildi, – deydi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi vakili. – Hamkorlarimiz, jumladan, «Kapitalbank» ATB ko‘magi tufayli biz nafaqat tuman infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlarini olib bordik, balki muhtoj oilalarga ham manzilli yordam ko‘rsatdik.

Reklama

Mavzuga oid