Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yangi chaqiruvga tayyorman». Eldor Shomurodov «Kalyari»ga o‘tayotganini tasdiqladi
«Roma» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini «Kalyari»da davom ettirishini tasdiqladi.
Insayder Janluka Di Marsio xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik 28 yoshli futbolchi dushanba kuni «Kalyari»da tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.
«Yangi chaqiruvga tayyormanmi? Albatta! «Kalyari»ga o‘tayotganimdan juda ham xursandman», - deya Eldor Shomurodovning so‘zlarini keltirgan Di Marsio.
«Roma»ga Shomurodovning bir yillik ijarasi uchun 1 million yevro to‘lanadi va 2024 yilning yozida «Kalyari» Eldorni 9 million yevroga sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Tomonlar «1+3» shaklida shartnoma imzolaydi. O‘zbekistonlik forvardning ijara muddati davomidagi maoshining 50 foizini «Kalyari» to‘lasa, qolgan yarmini Rim klubi to‘lashda davom etadi.
Avvalroq, Shomurodovning «Roma»dagi yillik maoshi 2 million yevroni tashkil etishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, italiyalik 71 yoshli taniqli mutaxassis Klaudio Raneri yanvar oyida «Kalyari» bosh murabbiyiga aylangach, B Seriyada 14-o‘rinda borayotgan klubni yarim yil ichida peshqadamlar safiga ko‘tarib, mavsum yakunida pley-off orqali A Seriyaga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Mavzuga oid
11:38 / 05.05.2025
«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari
16:41 / 02.05.2025
Eldor Shomurodov – yana bir bor «Roma»da oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi
11:37 / 28.04.2025
«Siti» finalga chiqdi, «Roma» va Shomurodov «Inter»ni to‘xtatdi. Kun o‘yinlari
09:50 / 20.04.2025