O‘zbekiston | 10:47 / 26.07.2023
7574
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Uzbekistan Airways Toshkent – Blagoveshchensk – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftalik muntazam parvozlar boshlanishini ma’lum qiladi!

Foto: Uzbekistan Airways

2023 yil 19 avgustdan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkentdan Blagoveshchenskka va ortga muntazam reyslarni amalga oshirishni boshlaydi! HY703/704 reyslari har hafta – shanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

• Toshkentdan jo‘nab ketish soat 05:50 da, Toshkent vaqti bilan 

• Blagoveshchenskka yetib borish soat 16:00 da, Blagoveshchensk vaqti bilan

• Blagoveshchensk shahridan jo‘nab ketish soat 19:00 da, Blagoveshchensk vaqti bilan

• Toshkentga yetib kelish soat 21:50 da, Toshkent vaqti bilan

Toshkentdan Blagoveshchenskka aviachipta 4 805 000 so‘mdan, Toshkent – Blagoveshchensk – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 7 226 000 so‘mdan sotib olish mumkin!  

Uzbekistan Airways yangilangan rivojlanish konsepsiyasida aviakompaniya tomonidan eng qulay parvoz sharoitlarini yaratishga va kelgusi yillarda yo‘nalish tarmog‘ini sezilarli darajada kengaytirishga qaratilgan. Rejaga yiliga to‘rttagacha yangi yo‘nalishlarni ochish va bir qator amaldagi yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar sonini har yili ko‘paytirish kiritilgan. Toshkentdan Blagoveshchenskka muntazam reyslar ushbu konsepsiyaning bir qismi hisoblanadi.  

Toshkent – Blagoveshchensk – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni 3 foiz chegirma bilan aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com saytidan, UzAirways ilovasi orqali, shuningdek Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan sotib olish mumkin.

Reklama

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid