O‘zbekiston | 18:49 / 27.07.2023
3710
2 daqiqa o‘qiladi

Birinchi yarim yillikda IT Park rezidentlarining eksporti hajmi 145,3 mln dollarni tashkil etdi

Maskur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 baravarga ko‘p.

IT Park rezidentlari eksporti hajmi o‘tgan yilning 1-yarim yilligiga nisbatan 2,7 baravarga o‘sib, 145,3 million dollarni tashkil etdi. Bu haqda tashkilot axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hisobot davridagi eksport ulushining 45 foizi AQShga, 14 foizi Buyuk Britaniyaga, 8 foizi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga, 33 foizi Tsingapur, BAA, Shvetsiya, Kanada, Koreya kabi davlatlarga to‘g‘ri kelgan.

Yo‘nalishlar bo‘yicha IT-xizmatlar eksporti tuzilmasini tahlil qilganda, rezidentlarning BPO xizmatlarining daromadlari 2022 yilning 1-yarim yilligi bilan solishtirganda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega xizmatlarga, xususan, dasturiy ta’minot va o‘yin ishlab chiqish xizmatlariga o‘zgarganligi kuzatilgan.

“BPO xizmatlari jami eksportdagi ulushining 2022 yilda 63 foizdan 2023 yilda 20 foizgacha kamayganini ko‘rish mumkin, ammo o‘yin ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlardagi eksport 15,2 million dollarni tashkil etdi ( o‘sish – 16,7 baravar). Dasturiy mahsulotlar eksporti 60 million dollarni (o‘sish – 3,8 baravar), texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlari esa 10,8 million dollarni (o‘sish – 6 baravar) tashkil etdi”, deyiladi xabarda. 

2023 yilning yakunigacha IT eksportning umumiy hajmi 300 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

Mavzuga oid