Ekologiya vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tashkil etildi
Yangi qo‘mitaga Umid Shodiyev rais bo‘ldi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tashkil etilgan.
Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, prezident qarori bilan Umid Rustamovich Shodiyev mazkur qo‘mita raisi lavozimiga tayinlandi.
Bungacha Umid Shodiyev O‘zbekiston Respublikasining YuNeSKO huzuridagi doimiy vakili lavozimida ishlagan.
O‘zbekiston prezidentining «Ma’muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Madaniyat va turizm vazirligi negizida Madaniyat vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tashkil etilgan.
Madaniyat va turizm vazirligining hududiy bo‘linmalari negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari, tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm boshqarmalari tashkil qilingan.