Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida yo‘l uchun 70 ming daraxt va buta kesilishi mumkin
Ekologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov vazirlik loyihaga qarshi ekanini bildirib, Vazirlar Mahkamasiga bu borada takliflar yuborilganini ma’lum qildi.
Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida rejalangan yo‘l qurilishi sabab ikkala hududda jami 70 mingga yaqin daraxt va butalar kesilishi mumkin. Bu haqda Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi xabar bermoqda.
«Bunda jumladan, Buxoroda 23 ming, Surxondaryo viloyatida esa 45 mingdan ortiq daraxt va butalarni yo‘q qilish bo‘yicha reja mavjud va loyiha allaqachon hukumatga topshirilgan. Ishlar avgustdan, tezlashtirilgan tartibda boshlanishi kutilmoqda», – dedi manba.
27 iyul kuni Ekologiya vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri mas’ullardan ayni shu masala bo‘yicha izoh so‘radi.
Ekologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov Buxoro va Surxondaryoda quriladigan yo‘l bo‘yicha hukumatga taqdim qilingan loyihada ko‘plab daraxt va butalar kesilishi ko‘rsatilganini tasdiqladi.
«Bu loyihadan xabarimiz bor, lekin u hali o‘z nomi bilan loyiha. Loyiha vazirlik bilan kelishilmagan va biz bunga qarshi ekanimizni bildirganmiz.
Biz qarshilik bildirishdan tashqari shuningdek, tegishli organlarga yozma tarzda ham murojaat qilganmiz. Bundan tashqari, biz tez orada Surxondaryo va Buxoroda jamoatchilik eshituvini tashkil qilamiz. Shundan so‘nggina qaror qabul qilinadi. Bu borada Vazirlar Mahkamasi bilan ham kelishib olganmiz.
Biz birinchi navbatda o‘sha hududlarga borib, daraxtlarni asrash bo‘yicha choralarni ko‘ramiz», – dedi vazirlik rasmiysi.
Mavzuga oid
16:47 / 22.11.2024
Daraxtlarga kimyoviy vositalar bilan shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi
16:18 / 15.11.2024
Yangiyo‘lda 5 tup daraxtni kesib tashlagan shaxs tabiatga 533 mln so‘m zarar yetkazdi
18:18 / 12.11.2024
Jahonda 10 yil davomidagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 2 trillion dollardan oshdi
17:40 / 08.11.2024