Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ispaniyada aniq o‘ynab ketardi». Abramov Fayzullayev Rossiya chempionatiga o‘tayotgani haqida
O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov «VseProSport» nashri muxbirining «Paxtakor»dan TsSKAga o‘tayotgan Abbos Fayzullayev haqidagi savollariga javob qaytardi.
«Fayzullayev – juda iqtidorli va umidli futbolchi. Ammo Rossiya futboli ko‘proq jismoniy kuchga asoslangan. Abbosbek Ispaniyada aniq o‘ynab keta olgan bo‘lardi, Rossiyada esa o‘ynab keta oladimi, bilmayman. Agar TsSKAda o‘ynab keta olsa, aniqki, uni Yevropaga yaxshi narxga sotishadi. Yevrokubok? «Rostov» ham yevrokuboklarda qatnashmasdi, ammo Shomurodov Italiyaga ko‘chib o‘tgandi.
Darvoqe, 4 kundan keyin boshqaruvimdagi «Dinamo» kubok doirasida «Paxtakor»ga qarshi o‘ynaydi. Shunday ekan, men Fayzullayev hali Rossiyaga ketmagan bo‘lsa, uni qanday to‘xtatish mumkinligi haqida o‘ylashimga to‘g‘ri keladi. TsSKA tezroq sotib ola qolsaydi (kuladi)», - deydi Vadim Karlenovich Rossiya nashri muxbiri bilan suhbatda.
Avvalroq, «Paxtakor» yarimhimoyachisi Abbos Fayzullayev 500 ming yevro transfer puli evaziga TsSKAga ko‘chib o‘tayotgani haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:46 / 12.12.2024
Fayzullayevning transfer bahosi yana 2 million yevroga oshdi
21:17 / 03.12.2024
Fransiya klubi Abbosbek Fayzullayev uchun 15 million yevro to‘lashga tayyor – OAV
17:46 / 29.10.2024
Abbosbek Fayzullayev - Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi!
16:08 / 18.10.2024