Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Senati rekord darajadagi harbiy budjetni tasdiqladi
2024 yilgi mudofaa xarajatlari uchun 880 milliard dollar ajratiladi.
AQSh Senati mudofaa xarajatlari uchun 880 milliard dollarlik qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda C-SPAN telekanali xabar berdi.
Yakuniy loyiha dastlabki variantdan biroz farq qiladi. Unda davlat tibbiy sug‘urtasi va harbiylar orasidagi gender masalalari bo‘yicha bandlar bor. Ushbu o‘zgarishlar qonun loyihasi AQSh prezidenti Jo Baydenga imzolash uchun yuborilishidan oldin kelishuv komissiyasi tomonidan hal qilinishi kerak.
Mudofaa budjetida Ukraina uchun ATACMS operativ-taktik raketa tizimlari uchun 80 million dollar, shuningdek, Xavfsizlik tashabbusi orqali yordam sifatida 300 million dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq AQSh Senati mudofaa budjetiga Kiyevga harbiy yordamni cheklash bo‘yicha tuzatish kiritishni qo‘llab-quvvatlamagan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025