Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lans» Bundesliga klubiga qarshi qaydnomasini e’lon qildi. Husanov tarkibga kiritildi
Fransiyaning «Lans» klubi yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida Germaniyada o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
29 iyul kuniga belgilangan «Volfsburg»ga qarshi uchrashuv uchun «Lans» tarkibi e’lon qilindi. Quvonarlisi, lansliklar bosh murabbiyi Frank Ez Bundesliga jamoasiga qarshi o‘yinga Abduqodir Husanovni ham kiritgan. O‘zbekistonlik himoyachi ushbu o‘yinda jamoasi safida norasmiy debyutini o‘tkazishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasining 19 yoshli a’zosi dushanba kuni Fransiya klubi bilan shartnoma imzolagan edi.
Ma’lumot uchun, «Volfsburg» - «Lans» o‘yini 29 iyul kuni soat 18:00 Volfsburgdagi «AOK Stadion» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
23:01 / 17.05.2025
«Siti» Angliya Kubogi finalida yutqazdi, Husanov kumush medal taqdi
18:17 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
10:00 / 01.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
21:08 / 28.03.2025