Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA qariyb 50 yil oldin uchirilgan kosmik apparat bilan aloqani yo‘qotdi
Voyager-2 sayyoralararo zondi antennasi yo‘nalishi o‘zgarib qolgani bois Yerdan buyruqlarni qabul qilolmayapti.
AQSh Milliy aeronavtika va fazoni tadqiq qilish boshqarmasi (NASA) Voyager-2 sayyoralararo zond bilan aloqa uzilib qolganini e’lon qildi.
«21 iyul kuni NASA tomonidan Voyager-2 kosmik apparatiga yuborilgan bir qator buyruqlar javobsiz qoldi. Bunga apparat antennasining Yerdan 2 darajaga siljishi sabab bo‘ldi. Oqibatda hozir Voyager-2 buyruqlarni qabul qila olmaydi va Yerga ma’lumotlarni uzata olmaydi», deyiladi xabarda.
NASA ma’lumotlariga ko‘ra, zond Yerdan 19,9 milliard km uzoqlikda uchmoqda va antennaning siljishi tufayli Deep Space Network (DSN) yer usti antennalari bilan bog‘lana olmaydi.
Hisobotda qayd etilishicha, Voyager-2 antennasi yo‘nalishini Yerga mos ravishda saqlab qolish uchun fazodagi yo‘nalishini bir necha marta o‘zgartirishga dasturlashtirilgan. Navbatdagi o‘zgartirish 15 oktyabrda bo‘lib o‘tadi va mutaxassislar aloqa tiklanishini kutmoqda.
Voyager-1 zondi va uning «egizak ukasi» Voyager-2 1977 yilda uzoq fazo va quyosh tizimining asosiy sayyoralarini o‘rganish uchun uchirilgan edi. Ularning rejalashtirilgan faoliyat muddati allaqachon tugagan bo‘lsa-da, apparatlar yulduzlararo fazo haqida ma’lumot to‘plash va Yerga uzatishda davom etmoqda.
Mavzuga oid
17:14 / 17.05.2025
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi
01:03 / 08.05.2025
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
23:59 / 03.05.2025
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi
23:01 / 22.04.2025