Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega davlat bo‘lib qolyapti
O‘zbekiston importidagi top-10 davlatlar ma’lum qilindi.
2023 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatdan 4,2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan 3,1 mlrd dollarlik mahsulot olib kelingan Rossiya va 1,5 mlrd dollarlik tovarlar xarid qilingan Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
— Koreya – 1,0 mlrd;
— Germaniya – 892 mln;
— Turkiya – 875 mln;
— Turkmaniston – 358 mln;
— Braziliya – 333 mln;
— Litva – 290 mln;
— Hindiston – 253 mln AQSh dollari.
Avvalroq 2023 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berilgandi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan davrda O‘zbekiston eksportida eng yuqori ko‘rsatkich Rossiya bilan qayd etilgan – 1,3 mlrd dollar.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 1 mlrd hamda 699,3 dollar mahsulotlar eksport qilingan Xitoy va Qozog‘iston joy oldi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025