Jamiyat | 23:18 / 29.07.2023
16864
1 daqiqa o‘qiladi

«KamAZ» elektr uzatish tarmog‘iga urilishi oqibatida Piskent tumani qisman «svetsiz» qoldi

Nosozlikni bartaraf etish ishlari boshlangan.

Foto: Kun.uz

29 iyul kuni soat 21:38 da Toshkent viloyatidagi 110 kVli «L-Parvoz» elektr uzatish tarmog‘iga «KamAZ» avtomashinasi urildi. Oqibatda, Piskent tumani iste’molchilari qisman elektr ta’minotidan uzildi.

Qayd qilinishicha, nosozlikni bartaraf etish ishlari boshlangan.

Nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanishi aytilmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid