Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya TIV rahbari: tinchlik muzokaralari uchun shartlar faqat yomonlashib boradi
Ukrainadagi mojaro bo‘yicha tinchlik muzokaralari shartlari yanada yomonlashadi, vaziyatni harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydi, u diplomatiyaga o‘tishi kerak. Bu haqda, Origo xabariga ko‘ra, Vengriya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Piter Siyyarto turkiyalik hamkasbi Xoqon Fidan bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Avvalroq Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto Moskvaga borib, u yerda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak bilan Vengriyaga «Turk oqimi» gaz quvuri orqali gaz va «Drujba» neft quvuri orqali neft yetkazib berish masalalarini muhokama qilgandi.
Siyyartoning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi qish Yevropa uchun juda issiq bo‘lgan oldingisiga qaraganda jiddiyroq sinov bo‘lishi kutilmoqda.
«Xalqaro energetika agentligi Xitoy iqtisodiyoti qayta tiklanishi tufayli energiyaga bo‘lgan talabning keskin ortishi va Yevropa energetika infratuzilmasi rivojlanishining o‘ta sekin sur’ati tufayli kelasi qishda haqiqiy qiyinchiliklar paydo bo‘lishidan aniq ogohlantirdi», — dedi Vengriya tashqi ishlar vaziri.
Uning ta’kidlashicha, «Vengriyaning energiya ta’minoti xavfsizligi gaz, neft va yadro yoqilg‘isini uzluksiz tashishni talab qiladi».
Mavzuga oid
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi
21:46 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga tashrifini yakunlab, Sloveniyaga yo‘l oldi
16:01 / 21.05.2025