«Navbahor» Nesterov va Ahmedov transferini e’lon qildi
Superliga davralar oralig‘ida «Navbahor» klubi o‘z safini kuchaytirishda davom etmoqda.
Namangan klubi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq darvozaboni Ignatiy Nesterov faoliyatini «Navbahor» klubida davom ettiradi. Superligada transfer oynasi yopilishiga bir kun vaqt qolganida 40 yoshli darvozabon bilan shartnoma imzolangani e’lon qilindi.
O‘tgan mavsum Navoiyning «Qizilqum» klubi sharafini himoya qilgan Nesterov 2023 yilning birinchi qismida jamoasiz edi.
Shuningdek, Azimjon Ahmedov ham jonajon klubiga qaytdi. Namangan futboli tarbiyalanuvchisi bo‘lmish Azimjon o‘tgan mavsumlar davomida jamoa sardori sifatida to‘p surgan bo‘lsa-da, yangi mavsum avvalida Yaypanning «Turon» klubi safiga qo‘shilgandi. Yarimhimoyachi kelishuvni bekor qilib, 2-davra oldidan Samvel Babayan boshqaruvidagi jamoa bilan shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, «Navbahor» Superliga 14-turidagi «Qizilqum»ga qarshi o‘yini oldidan turnir jadvalida 29 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid
21:38 / 19.07.2024
«Navbahor» Samvel Babayan o‘rniga yangi bosh murabbiyni e’lon qildi
14:32 / 29.06.2024
Rasman: «Navbahor» va Babayan o‘zaro kelishuvga asosan shartnomani bekor qilishdi
12:13 / 17.06.2024
Superliga. Alijonov qaytgan markaziy o‘yinda kuchlar teng keldi - fotojamlanma
23:15 / 22.02.2024