Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tomdi tumanida «oltin izlovchilar»ga «homiylik» qilmoqchi bo‘lgan profilaktika inspektori qo‘lga olindi
DXX oltin qazib olish uchun sharoit yaratib berish evaziga fuqarodan 30 ming dollar talab qilgan IIB inspektorini qo‘lga oldi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Navoiy viloyati Tomdi tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektorining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
IIB xodimi davlat zaxirasiga olingan hududda tarkibida oltin bo‘lgan ruda qazib olish uchun sharoit yaratib, huquq-tartibot idoralari tomonidan bo‘ladigan reyd tadbirlaridan ogohlantirib turish evaziga mahalliy fuqarodan 30 ming AQSh dollari talab qilib, 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
28 iyun kuni Farg‘ona viloyatida prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda jinoyatchilikka qarshi kurashishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan o‘ndan ortiq tuman IIB boshliqlari ishdan olingandi, ular orasida Tomdi tumani IIB boshlig‘i Rustam Ro‘ziyev ham bor edi.
Mavzuga oid
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda
18:28 / 01.05.2025
Navoiyda kichik samolyotlar ishlab chiqariladi
16:51 / 02.04.2025