MARda konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum o‘tkazildi
Agar MAR konstitutsiyasiga tuzatishlar qabul qilinsa, mamlakatning amaldagi prezidenti Tuaderada uchinchi muddatga qayta saylanish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Markaziy Afrika Respublikasida (MAR) 30 iyul, yakshanba kuni muxolifat tanqidlari ostida konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendumda ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Taklif etilayotgan tuzatishlar, xususan, prezidentlik lavozimini ketma-ket ikki muddatdan ortiq egallashni taqiqlovchi cheklovni olib tashlaydi, shundan so‘ng amaldagi davlat rahbari Faustin-Archange Tuadera yana saylovda nomzod sifatida qatnashishi mumkin. Bundan tashqari, konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilsa, prezidentlik muddati besh yildan yetti yilgacha ko‘tariladi, Senat esa tugatiladi, buning natijasida MAR parlamenti bir palatali bo‘ladi. Markaziy Afrika Respublikasidagi muxolifat bu kabi rejalarni keskin tanqid qilib, referendumni «nodemokratik» va «qalbaki» deb atadi.
O‘z navbatida, Human Righs Watch xalqaro inson huquqlari tashkiloti referendumda ovoz berish arafasida MARdagi siyosiy muxolifat, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalariga hukumat tomonidan bosim kuchayganini ta’kidladi.
Tuadera birinchi marta 2016 yilda MAR prezidentligini egallagan va 2020 yilda qayta saylangan. Hokimiyatga kelganidan ko‘p o‘tmay, ichki siyosiy vaziyatning beqarorligi fonida u mamlakat poytaxti Bangiga muntazam ravishda hujum amalga oshirgan isyonchilarga qarshi kurashda yordam so‘rab Rossiyaga murojaat qildi. 2017 yildan beri Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi yollanma askarlari, mahalliy kuzatuvchilar fikriga ko‘ra, qurolli isyonchi guruhlarga qarshi kurashda MAR qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Mavzuga oid
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
11:10 / 01.11.2024
Moldova KS YeIga integratsiya bo‘yicha referendum natijalarini ma’qulladi
21:07 / 21.10.2024
Moldova fuqarolari Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishni yoqlab ovoz berdi
21:00 / 27.08.2024