Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: AQSh Xitoyni infratuzilmani virus bilan zararlaganlikda gumon qilmoqda
NYT maqolasida aytilishicha, Pekin Tayvanga hujum qilinsa, Vashingtonning javob choralarini sekinlashtirish uchun AQSh harbiy bazalarini quvvatlantiradigan elektr tarmoqlari uzilishiga erishmoqchi.
AQSh razvedka xizmatlari fikricha, Xitoy AQShning muhim infratuzilmasiga, jumladan Pekinning Tayvanga qarshi ehtimoliy tajovuzi vaqtida AQSh qo‘shinlarini joylashtirish yoki yetkazib berishni to‘xtatish yoki sekinlashtirish uchun zararli dasturlarni kiritgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda The New York Times gazetasi 30 iyul, yakshanba kuni yozdi.
Maqolada aytilishicha, AQSh harbiylari, shuningdek, razvedka va milliy xavfsizlik rasmiylari fikriga ko‘ra, bu virus AQSh harbiy bazalarini ta’minlovchi elektr tarmoqlari, aloqa va suv ta’minoti tizimlari boshqariladigan tarmoqlarda ishga tushiriladi. Qo‘shma Shtatlardagi oddiy uy xo‘jaliklari va korxonalar ham bitta elektr va suv tarmoqlaridan foydalanishi hisobga olinsa, ushbu dasturiy ta’minotning zarari ayniqsa katta bo‘lishi mumkin.
Vashingtonga ko‘ra, «soatli mexanizmga ega bomba»ga qiyoslangan virus Xitoy xalq ozodlik armiyasida ishlaydigan hakerlar tomonidan yaratilgan bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, bunday virus mavjudligi haqidagi birinchi taxmin may oyining oxiriga to‘g‘ri keladi. O‘shanda Microsoft AQSh harbiy-havo kuchlari yirik bazasi joylashgan Mikroneziyaning Guam oroli va AQShning ayrim hududlarida telekommunikatsiya tizimlarida sirli kompyuter kodini topgani haqida e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025