Iqtisodiyot | 10:27 / 31.07.2023
16292
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni ma’lum qilindi

2023 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, mamlakatda hammasi bo‘lib 45 736 ta oilaviy korxona faoliyat yuritmoqda.

Foto: madaniyat.uz

Statistika agentligining ma’lumotiga ko‘ra, ularning hududlar kesimidagi soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 8 143 ta.

Undan keyingi o‘rinlardan oilaviy korxonalar soni mos ravishda 5 032 ta hamda 4 911 ta bo‘lgan Farg‘ona viloyati va Xorazm viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Qashqadaryo viloyati – 4 006 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 4 033 ta;
  • Toshkent viloyati – 3 887 ta;
  • Navoiy viloyati – 3 529 ta;
  • Buxoro viloyati – 3 039  ta;
  • Toshkent shahri – 2 880 ta;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 2 025 ta;
  • Jizzax viloyati – 1 617 ta;
  • Andijon viloyati – 1 396 ta;
  • Namangan viloyati – 997 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 241 ta.

Mavzuga oid