Jahon | 11:41 / 01.08.2023
6797
2 daqiqa o‘qiladi

ISW: Belarus Eronning Shahed dronlarini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma tuzmoqchi

Urushni o‘rganish institutining (ISW) kundalik hisobotiga ko‘ra, Belarus o‘z hududida Eronning Shahed dronlarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv tuzishga intilayotgan bo‘lishi mumkin. 

Foto: iranintl

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Gomel viloyatidagi zavodni ushbu maqsadlar uchun qayta jihozlash mumkinligi haqida xabarlar mavjud. 

Minsk va Tehron Ukrainadagi harbiy harakatlarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlayotgan bir sharoitda, qurol-yarog‘ kelishuvlarini muhokama qilishi va ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishi mumkin, deya ta’kidlaydi ekspertlar. 

Bundan oldin Eron kutilmaganda Ukrainaning hududiy yaxlitligini yoqlab chiqqandi.

Eron har qanday davlatning, jumladan Ukrainaning hududiy yaxlitligini hurmat qiladi va «urushni siyosiy muloqot orqali tugatish zarurligini ta’kidlaydi». Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyyon ma’lum qilgan.

Eron Rossiyaga Ukrainaga qarshi urushda faol foydalanilayotgan dronlarni yetkazib beradi. Shu tariqa, AQSh ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil avgustidan 2023 yilning mayigacha Rossiya Erondan 400 dan ortiq, asosan, Shahed tipidagi dronlarni qabul qilib olgan va ularning aksariyatidan Ukraina muhim infratuzilmasiga zarba berishda foydalangan.

Mavzuga oid