O‘zbekiston | 14:54 / 01.08.2023
15097
1 daqiqa o‘qiladi

Kegeyli tumaniga yangi hokim tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli tumani hokimi o‘zgardi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar bermoqda.

Foto:t.me/kegeylirkuzofficial

Ma’lum qilinishicha, Aybek Kudabayevich Kamalov Kegeyli tumani hokimi sifatida ish boshladi.

Tayinlovga qadar A.Kamalov prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni Qoraqalpog‘iston Respublikasi shu’basi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Kegeyli tumanini shu vaqtga qadar Dauletbay Utemuratov boshqarib kelayotgandi. U 2020 yilning dekabr oyi o‘rtalarida tuman hokimi lavozimiga tayinlangan.

Mavzuga oid