Jamiyat | 20:35 / 01.08.2023
44406
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov vafot etdi 

Andijonlik mashhur xonanda 77 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. 

Foto: Madaniyat vazirligi

Ko‘plab mumtoz qo‘shiqlari bilan o‘zbek xalqiga tanilgan xonanda Nuriddin Hamroqulov 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda madaniyat vazirligi xabar bermoqda.

U 1946 yil 18 iyun kuni Andijon viloyatida tug‘ilgan. 1973 yilda Toshkent teatr va rasomlik san’ati institutini (hozirgi San’at va madaniyat institutini) tamomlagan. 

1967 yildan Andijon teatrida, keyinchalik viloyat filarmoniyasi kabi ijodiy jamoalarda ishlagan. 

Xonanda «Samarqand ushshog‘i», «Toshkent irog‘i», «Olamni asrang», «Ra’no», «Soy ko‘rdim», «Shirinliging», «Kuldi bahorim», «Turnalar», «Ajab sirlar» kabi qo‘shiqlari bilan xalqqa tanilgan edi. 

Nuriddin Hamroqulov 1987 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan. 2020 yilda «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan. 

Mavzuga oid