Jahon | 19:27 / 01.08.2023
50585
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda ayiqni kiyintirilgan odam deb gumonlashdi. Hayvonot bog‘i bu aslida ham ayiq ekanini isbotlashiga to‘g‘ri keldi

Xitoyning Hangchjou shahridagi hayvonot bog‘i jamoatchilikka o‘zidagi malay ayig‘i ayiq kiyimidagi odam emas, aslida ham ayiq ekanini tushuntirishiga to‘g‘ri keldi. Bunga internetda tarqalgan video sabab bo‘ldi, videodagi ayiqlardan biri oyoqda tik turgan odamga o‘xshab ketadi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu odam ekanini gumon qilishdi. Bunga javoban Hangchjou hayvonot bog‘i xodimlari odamlar shunchaki bu tur haqida kam bilishlarini bildirdi.

Videoda quyosh ayig‘i o‘z voleri chekkasida ikki oyoqqa tayangan holda turib panjalarini ikki tomonga cho‘zib, aftidan, uning o‘zi hayvonot bog‘iga kelganlarni kuzatadi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ayiq qanday qilib ozg‘in oyoqlarida bunday tik tura olishi mumkinligidan hayron bo‘lib savol qo‘yishgan. Bundan tashqari, belning orqa qismidagi burmalar tirik hayvonning haqiqiy terisidan ko‘ra ko‘proq mos kelmagan ayiq kiyimiga o‘xshab ketardi.

Hayvonot bog‘i xodimlari ayiq nomidan shunday so‘zlar bilan bayonot berishgan: «Ayrim odamlar o‘ylayaptiki, men odamdek ko‘rinaman… Aftidan, siz meni uncha yaxshi bilmaysiz».

«Gap ayiqlar haqida ketganida, xayolga keladigan birinchi narsa — bu ulkan figura va aql bovar qilmas kuch… Ammo barcha ayiqlar ham — ulkan va xavf timsoli emas», deyilgan bayonotda.

Hayvonot bog‘i vakillari malay ayiqlari — ularni «quyosh ayiqlari» yoki biruangi deb ham atashadi — bu ayiqning eng kichik turi ekanini eslatishgan: ular odatda yirik it o‘lchamida bo‘ladi, ularning tanasi uzunligi 70 santimetrdan bir yarim metrgacha yetadi, vazni 25 kilogrammdan 65 kilogrammgacha bo‘ladi.

Ko‘krak qafasidagi to‘q sariq rangdan qaymoq ranggacha bo‘lgan dog‘lari sababli malay ayiqlari ayrim tillarda «quyosh ayig‘i» deb ham nomlanadi

Bu yo‘qolib borayotgan tur bo‘lib, Janubiy-Sharqiy Osiyoning tropik o‘rmonlarida yashaydi.

Mavzuga oid