O‘zbekiston | 09:52 / 02.08.2023
4464
1 daqiqa o‘qiladi
Don ekinlarining 80 foizi fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirildi
2023 yilning yanvar-iyun oylarida mamlakat bo‘yicha jami 5 443,4 ming tonna don ekinlari yetishtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligining ma’lumotiga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2022 yilning shu davridagiga nisbatan 107,3 foizni tashkil etadi.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, yetishtirilgan don ekinlari umumiy hajmining 79,9 foizi fermer xo‘jaliklariga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, 8,5 foizi – dehqon va tomorqa xo‘jaliklari, 11,6 foizi esa qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan yetishtirilgan.
Mavzuga oid
09:50 / 25.07.2024
QXV yoz jaziramasida eng ko‘p zararlanadigan ekin turlarini ma’lum qildi
09:06 / 17.06.2024
Surxondaryo viloyati birinchi bo‘lib tovar don topshirish rejasini bajardi
07:41 / 06.03.2024
Qaysi hududda ekin maydonidan olinadigan daromad eng ko‘p oshgani ma’lum bo‘ldi
11:05 / 13.07.2023